14:28 / 25.03.2019
3 555

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi maqbara va masjidni ziyorat qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi maqbara va masjidni ziyorat qildi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari, taomilga koʻra, dastlab Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi hamda masjidini ziyorat qildi.

Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi Prezidenti boʻlgan. U 2004 yili oʻzi qurdirgan mazkur masjid yonida dafn etilgan. Bugungi kunda ushbu masjid va maqbara mamlakat aholisi uchun tabarruk maskanga, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari tashrif buyuradigan majmuaga aylangan.

Bu masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, qurilish ishlari 1996 yildan 2007 yilgacha davom etgan. Unda bir vaqtning oʻzida 40 ming kishi namoz oʻqishi mumkin.
Majmuaga tashrif asnosida Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon ruhiga Qurʼon tilovat qilindi.

Prezidentimizga masjidning qurilish tarixi, oʻziga xos xususiyatlari, sayyohlar va ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻzlab berildi.
Shavkat Mirziyoyev maqbaraning Ziyoratchilar kitobida dastxat qoldirdi.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi maqbara va masjidni ziyorat qildi (foto)