15:30 / 25.03.2019
2 717

Guaydo venesuelaliklarni “Ozodlik” operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi

Guaydo venesuelaliklarni “Ozodlik” operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi
Foto: Reuters
24 mart kuni Venesuela muxolifatchisi Xuan Guaydo mamlakat aholisini Venesuela hokimiyatini egallab olishga yordam beruvchi “Ozodlik” operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

“Ozodlik operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish va mamlakatni egallab olgunga qadar hukumatga imkon qadar koʻproq tazyiq oʻtkazish vaqti keldi. Barchada, mutlaqo barchada bu kurash bosqichida oʻz orni bor”, — deb yozgan Guaydo oʻzining Instagramʻdagi sahifasida.

Uning qoʻshimcha qilishicha, mamlakat boʻylab bunday harakatlarni amalga oshirish maqsadida “Ozodlik yordam qoʻmitalari” tashkil etiladi. U har bir tumanda, taʼlim muassasasi va davlat idoralarida uzurpatsiyani tugatishga qaratilgan targʻibotlar oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Guaydo venesuelaliklarni “Ozodlik” operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi