07:30 / 26.03.2019
3 078

Texasda labrador zotli it oʻz hayoti evaziga uch kishining jonini saqlab qoldi

Texasda labrador zotli it oʻz hayoti evaziga uch kishining jonini saqlab qoldi
AQSHning Texas shtatida Zero laqabli labrador zotli it oʻz hayoti evaziga uch kishining umrini saqlab qoldi, deb xabar berdi “Daryo”.

It Lora Martines ismli ayolning uyida oʻtkazilayotgan tugʻilgan kunda oʻq uzuvchi shaxsga tashlandi. Martines va uning ikki farzandi oyogʻidan jarohatlandi. Labrador ham jarohatlandi va keyinroq halok boʻldi.

“Men aminmanki, agar Zero uyimizga bostirib kirgan kishiga tashlanmaganida u bizni otib oʻldirardi”, — deydi Martines.

Hujum qilgan kishining ismi Xavian Kanstaneda. U 16 yoshda. U oilaning doʻsti edi. Yigit shuningdek avvalroq sodir etilgan Martines uyidagi oʻgʻrilikda aloqadorlikda ham gumonlanmoqda.

Oʻgʻrilikdan soʻng Martines oilasi Kanstanedaning ota-onasi bilan gaplashdi va oʻzlarining gumonini aytdi.

Bir necha kundan soʻng Kanstaneda tugʻilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan bayramga keldi va oʻq uzishga aylangan darajadagi janjal yuzaga keldi.

“Itim Xavianga tashlandi. U Zeroʻga oʻq uzdi. Zero yiqildi. Xavian yana uch marta otdi. Bu safar oʻq Valeriga tegdi. Zero yana Xavianga tashlandi, u esa Zeroʻga qarata yana ikki marta oʻq uzdi. Zero yiqilgunicha Xavian yana 5 marta oʻq uzishga ulgurdi. Oʻqlardan biri mening oyogʻimga tegdi”, — deydi Martines.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Texasda labrador zotli it oʻz hayoti evaziga uch kishining jonini saqlab qoldi