11:13 / 26.03.2019
2 865

Rossiyalik harbiylarning Venesuelaga yuborilgani tasdiqlandi

Rossiyalik harbiylarning Venesuelaga yuborilgani tasdiqlandi
Venesuela Yagona sotsialistik partiyasi (PSUV) vitse-prezidenti Diosdado Kabeloning tasdiqlashicha, Karakasga ichida harbiylar boʻlgan Rossiya samolyotlari haqiqatdan ham kelib qoʻngan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Kabeloning aniqlik kiritishicha, rossiyalik harbiylar boʻyicha tashabbus Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tomonidan ilgari surilgan. U harbiylarning tashrifidan koʻzlangan maqsadga aniqlik kiritmadi.

Bundan oldin, Venesuelaga Rossiyadan bortida yuzga yaqin harbiy boʻlgan ikki samolyot kelib qoʻngani haqida xabarlar tarqalgandi.

El Comercio nashri xabariga koʻra, 23 mart kuni Karakasdagi Mayketiya xalqaro aeroportiga rossiyalik harbiylar va 35 tonna yuk boʻlgan An-124 va Il-62 samolyotlari kelgan.

Nashrning taʼkidlashicha, gap 99 harbiy haqida bormoqda, ularga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi tashkiliy-mobilizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi general-polkovnik Vasiliy Tonkoshkurov boshchilik qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Guaydo venesuelaliklarni tayyor turishga chaqirgandi.

“Ozodlik” amaliyotini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish hamda uzurpatsiyani yakuniy tugatish uchun rasmiylarga maksimal bosim oʻtkazish vaqti keldi. Kurashimizning bu bosqichida har bir narsaning oʻz oʻrni bor», - deya maʼlum qildi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik harbiylarning Venesuelaga yuborilgani tasdiqlandi