11:30 / 26.03.2019
3 119

BAAda yashin urishi natijasida 1,1 million dirhamlik 35 ta lochin nobud boʻldi

BAAda yashin urishi natijasida 1,1 million dirhamlik 35 ta lochin nobud boʻldi
Foto: “Gulfnews.com”
Abu Dabi amirligi Madinat Zayed shahrida 35 ta noyob lochin polaponlari yashin urishi natijasida halok boʻldi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.

Chaqmoq urishi natijasida polaponlar boʻlgan binoda yongʻin boshlangan. Ularning umumiy qiymati 1,1 million dirham (301 ming dollar)ni tashkil qilgan.

Meteorologiya milliy markazi vakilining soʻzlariga koʻra, gʻarbiy mintaqada hodisa arafasida kuchli momaqaldiroqli yomgʻir va tezligi 60 km / soatgacha boʻlgan shamol kuzatilgan. Shuningdek, u BAAda 28 mart, payshanba kunigacha changli boʻronlar va kuchli shamollar ustunlik qilishini qayd etdi. Haydovchilarga koʻrinishning kamayishi tufayli hushyor boʻlish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda yashin urishi natijasida 1,1 million dirhamlik 35 ta lochin nobud boʻldi