14:53 / 26.03.2019
3 947

Qozogʻistonda ikki kundan beri neft konlari yonmoqda (video)

Qozogʻistonda ikki kundan beri neft konlari yonmoqda (video)
Qozogʻiston gʻarbida “Kalamkas” neft konida boshlangan yongʻinni bartaraf etish ishlari ikkinchi sutka davom etmoqda, ammo yongʻin oʻchogʻiga borish yoʻllari mavjud emasligi sabab yongʻinni oʻchirishning imkoni boʻlmayapti, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri “QozMunayGaz” milliy neft kompaniyasi matbuot-xizmatiga tayanib.

Dushanba kuni ertalab Manistau viloyatidagi “Kalamkas” neft konidagi quduqlarning birida gazsuv aralashmasi yona boshladi. Xabar qilinishicha, yongʻin maydoni 900 kvadrat metrni tashkil etib, olov 10 metr balandlikka koʻtarilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yoʻq.

Ayni vaqtda yongʻinni oʻchirish davom etmoqda hamda ushbu hodisa sababchilarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻistonda ikki kundan beri neft konlari yonmoqda (video)