14:14 / 26.03.2019
3 617

Nur-Sultonda uchta avtobus va tez yordam mashinasi toʻqnashib ketdi (video)

Nur-Sultonda uchta avtobus va tez yordam mashinasi toʻqnashib ketdi (video)
Foto: “Tengrinews”
26 mart kuni Nur-Sultonning Kabanbay batir prospektida poytaxtning yoʻlovchi tashuvchi uchta avtobuslar va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi, deb xabar berdi “Daryo” nashri.

Maʼlum boʻlishicha, 303 raqamli avtobus 12 raqamli avtobus bilan toʻqnashib ketgan. Shundan soʻng 53 raqamli avtobus va tez tibbiy yordam mashinasi urilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir nafar yoʻlovchi va avtobus haydovchisi halok boʻlgan.

Xabarda aytilishicha, politsiya hodisa sabablarini oʻrganmoqda, tez yordam shifokorlari jabrlanganlarga yordam koʻrsatmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nur-Sultonda uchta avtobus va tez yordam mashinasi toʻqnashib ketdi (video)