17:20 / 26.03.2019
4 015

Emomali Rahmonning qudasi boʻlgan Aloqa agentligi raisi qidiruvga berildi

Emomali Rahmonning qudasi boʻlgan Aloqa agentligi raisi qidiruvga berildi
Foto: Knews
25 mart kuni idorasi toʻqqiz million dollar miqdorida qarzdor boʻlgan Beg Saburning ish kabineti Tojikiston Bojxona qoʻmitasi tomonidan muhrlandi, deb yozadi “Daryo” nashri.

Beg Saburning oʻzi esa, xodimlarining soʻzlariga koʻra, Koʻlob shahriga ketgan. Biroq Tojikiston prezidentining oltinchi qizi Zarina Rahmonovaga uylangan oʻgʻli Ramz Zuhurov ham koʻrinmay qolgan. Beg Saburning oilaviy biznesi ham uning nomiga rasmiylashtirilgan.

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Beg Saburning taʼqib qilinishi va oʻgʻli bilan yashirinishiga Ramz Saburning Zarina Rahmonova bilan ajrashishi sabab boʻlgan.

Shuningdek, xabarda taʼkidlanishicha, Beg Saburga Dushanbe markazida Aloqa xizmati binosini qurish uchun jori yilning sentabr oyigacha muhlat berilgan. Biroq qurilish ishlari hali boshlanmagan.

Shuningdek, Ramz Saburning Emomali Rahmonning qizi Zarina Rahmonova bilan ajrashishi haqidagi mish-mishlar tasdiqlanmasligi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmonning qudasi boʻlgan Aloqa agentligi raisi qidiruvga berildi