10:30 / 27.03.2019
2 950

Rossiyada sobiq vazirlardan biri qoʻlga olindi

Rossiyada sobiq vazirlardan biri qoʻlga olindi
Moskvada maxsus xizmatlar Ochiq hukumat ishlari boʻyicha sobiq vazir Mixail Abizovni qoʻlga olish amaliyotini oʻtkazdi. U yaqinda Italiyadan qaytib kelgandi. Bildirilishicha, u energetika kompaniyalari mablagʻlarini xorijga olib chiqib ketgan, bularning bari jinoiy guruh doirasida amalga oshirilgan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi saytida ham Moskvada Ochiq hukumat sobiq vaziri Mixail Abizov qoʻlga olingani toʻgʻrisida maʼlumot paydo boʻldi.

Unga firibgarlik (RF Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) va uyushgan jinoiy guruhni tashkil etish (Jinoyat kodeksining 210-moddasi) ayblovi qoʻyilgan. U ochilgan ishda nomi qayd etilgan besh nafar ayblanuvchi bilan birgalikda qator energetika kompaniyalari mablagʻlarini oʻgʻirlab, chet elda joylashgan offshor kompaniyalarga olib chiqib ketgan. Zarar 4 milliard rublni tashkil qiladi.

Maʼlumki, oʻtgan yili Abizov ushbu vazirlik tarqatib yuborilganidan keyin isteʼfoga chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada sobiq vazirlardan biri qoʻlga olindi