11:20 / 27.03.2019
3 603

AQSH qitʼalararo raketani urib tushirdi (video)

AQSH qitʼalararo raketani urib tushirdi (video)
25 mart kuni Kaliforniya qirgʻoqlarida AQSH Raketaga qarshi mudofaa boʻlimi harbiylari raketa uruvchini ishga solib, Marshall orollaridan AQSH tomon uchgan qitʼalararo ballistik raketaga Tinch okeani ustida zarba berdi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, shu yoʻl bilan harbiy mashq amalga oshirilgan.

AQSHning Vandenberg Harbiy havo kuchlari bazasidan bir necha soniya farq bilan ikkita raketa uruvchi uchirilgan. Ulardan biri raketaga zarba bergan, ikkinchisi esa uning yirik qoldigʻini yoʻq qilgan.

AQSH Mudofaa vazirligi bunday harbiy mashqlarni muntazam ravishda oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH qitʼalararo raketani urib tushirdi (video)