13:43 / 27.03.2019
3 622

Los-Anjeles osmonida “meteor-odam” paydo boʻldi (video)

Los-Anjeles osmonida “meteor-odam” paydo boʻldi (video)
Xabarda aytilishicha, koʻrinishidan meteorga oʻxshagan, biroq unga xos boʻlmagan ravishda manyovr bilan harakat qilgan. Obyekt binolar oldidan uchib oʻtib, oʻz yoʻnalishini oʻzgartirgan deb yozadi “Daryo” nashri.

Mahalliy aholi orasida bu NUJ boʻlishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ayrimlar esa bu SpaceX kompaniyasining yana bir loyihalaridan biri deb taxmin qilgan. Politsiya departamenti esa yangi film suratga olinayotganini aytib, bu mish-mishlarni rad etgan.

Keyinchalik, bu nomaʼlum obyekt 1220 metr balandlikda oyoqlariga feyerverk biriktirib, ving-syut (qanotli kostyum)da parvoz qilgan ekstremal ekanligi aniqlangan. Shu kuni kechasi toʻlin oy boʻlgan va aksiya oldindan rejalashtirilgan.

Tryukni amalga oshirgach, sportchilar parashyut yordamida shahar koʻchasida yerda qoʻngan.
Xuddi shunday aksiya besh yil avval Chikagoda ham oʻtkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Los-Anjeles osmonida “meteor-odam” paydo boʻldi (video)