Jahonning 2019 yildagi eng yaxshi turistik yoʻnalishlari maʼlum qilindi (foto)

  • 27 mart 2019, 20:30
  • 665
  • Dunyo
  • Jahonning 2019 yildagi eng yaxshi turistik yoʻnalishlari maʼlum qilindi (foto)
    London, Parij va Rim jahondagi eng yaxshi turistik yoʻnalishlar roʻyxatida yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

    Gʻoliblar turli mamlakatlardagi mehmonxonalar, restoranlar va voqealar haqidagi 12 oy davomida bildirilgan fikr va reytinglarni oʻrganishga asoslangan algoritm yordamida aniqlandi.

    Birinchi oʻrinni qirollik manzaralari, Bukingem saroyi va Kamden bozori bilan London egalladi.

    Ikkinchi oʻrin kruassanlar, Sena, Eyfel minorasi va Notr-Dam ibodatxonasi bilan nom qozongan Parijga nasib etdi.

    Uchinchi oʻrinni egallagan Rim ekspertlarning fikricha, tomsiz ulkan muzeyni eslatadi.

    Shuningdek, yuqori beshlikka Krit va Bali orollari kiritildi.

    Eng yaxshi oʻntalikdan esa Tailanddagi Pxuket oroli, Ispaniya Barselonasi, Turkiya Istanbuli, Marokashdagi Marokash va BAAdagi Dubay shaharlari joy oldi.

    » » Jahonning 2019 yildagi eng yaxshi turistik yoʻnalishlari maʼlum qilindi (foto)