Qirgʻizistonda inson umrini uzaytiruvchi yogʻ yaratildi

  • 28 mart 2019, 06:00
  • 1 078
  • Dunyo
  • Qirgʻizistonda inson umrini uzaytiruvchi yogʻ yaratildi
    Foto: OʻzA
    Qirgʻizistonda yengil hazm boʻluvchi innovatsion yogʻ yaratildi. “Kabar”ning yozishicha, bu haqda mamlakatning “Millat salomatligi” milliy dasturi direktori Dmitriy Yedelev sifatli va xavfsiz oziq-ovqat masalalari boʻyicha tashkil etilgan anjumanda maʼlum qilgan. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

    Dmitriy Yedelevning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston yogʻni tozalash jarayonida yuzaga keluvchi glitsidil va uning efirini taqiqlash boʻyicha tashabbus koʻrsatadi.

    “Glitsidil – bu juda jiddiy kanserogen boʻlib, u Yevropa va AQSHda taqiqlangan. Biroq, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) hududida unga ruxsat berilgan. Qirgʻiziston glitsidilga taqiq qoʻyishda birinchilardan boʻlib tashabbus koʻrsatadi. Agar biz ratsiondan glitsidilni olib tashlasak, saratonga chalinish xavfini 37 foizga qisqartirgan boʻlamiz”, — degan u.

    Dmitriy Yedelevning qoʻshimcha qilishicha, YEOII miqyosida ilk bor Qirgʻizistonda yengil hazm boʻluvchi, kanserogenlardan holi yogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, u umrni uzaytirish, yurak, qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilash va xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Innovatsion texnologiyalar asosida yaratilgan yangi mahsulot kelgusida Rossiya bozoriga eksport qilinishi mumkin.

    » » Qirgʻizistonda inson umrini uzaytiruvchi yogʻ yaratildi