10:30 / 28.03.2019
2 855

Avstraliyalik lotereyadan 2 marotaba 16 mln dollardan pul yutib oldi

Avstraliyalik lotereyadan 2 marotaba 16 mln dollardan pul yutib oldi
Avstraliyalik ketma-ket ikki marta lotereyada katta miqdorda pul yutib oldi, deya yozadi “Daryo”.

Taʼkidlanishicha, u Melburn shahrining ikkita har xil joyidan 3 ta chipta sotib olgan, ulardan ikkitasi omadli boʻlib, unga 16 million dollardan olib kelgan.

“Biz gʻolib bilan bogʻlanganimizda, u bir marta emas, balki ikki marotaba yutganligini unutib qoʻyganini aytdi”, — dedi lotereya vakili.

Gʻolibning oʻzi qariyb 30 yildan beri doimo bir xil raqamlarni oʻynashini aytgan. Lotereya biletlarini sotib olish uchun u 20 ming dollardan ziyod mablagʻ sarflagan. Hozirgi paytda esa avstraliyalik pulni qanday sarflashni oʻylab koʻrmoqda.

“Balki ishdan boʻshash haqida oʻylab koʻrarman. Keyin, yangi uy yoki dam olishlar boʻlishi mumkin. Men uni oilam bilan boʻlishaman”, -— deb taʼkidladi gʻolib.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik lotereyadan 2 marotaba 16 mln dollardan pul yutib oldi