10:20 / 28.03.2019
2 742

Suriya AQSHga bir nechta shtatlarini Isroilga sovgʻa qilib yuborishni taklif qildi

Suriya AQSHga bir nechta shtatlarini Isroilga sovgʻa qilib yuborishni taklif qildi
Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jaʼfariy AQSHga Shimoliy yoki Janubiy Karolinani Isroilga berib yuborishni taklif qildi. Bu haqda RIA “Novosti”ga tayanib Kun.uz xabar tarqatdi.

“AQSH yetarlicha yerga egadir. Isroilga bir nechta shtatlarni sovgʻa qilib yuboringlar”, - dedi Jaʼfariy.
Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Isroilni yangi hududlar bilan qoʻllab-quvvatlashga qaror qilsa, shunday harakatni amalga oshirishi kerak.

Bundan oldin, Suriya Golan tepaliklari boʻyicha zudlik bilan BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishi oʻtkazilishini talab qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini rasman tan oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya AQSHga bir nechta shtatlarini Isroilga sovgʻa qilib yuborishni taklif qildi