12:15 / 28.03.2019
4 503

Putin bahaybat tansoqchisini chetga surib qoʻydi (video)

Putin bahaybat tansoqchisini chetga surib qoʻydi (video)
Internet tarmogʻida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Universiada ishtirokchilari bilan oʻtgan uchrashuvda sportchilar bilan suhbatlashish uchun xavfsizlik xizmati xodimini chetga surib qoʻygan video tarqaldi. Rossiya 24 telekanalida koʻrsatilgan ushbu rolik jurnalist Dmitriy Smirnov eʼtiborini tortdi.

“Chetga tur - zabardastsan, sportchilardanam gavdaliroqsan”, - dedi xavfsizlik xizmatiga qarab prezident. Shundan soʻng tan soqchi bir necha qadam orqaga yurdi.

Putin sportchilarni yuksak natijalari bilan tabrikladi va ularga kelajakda Olimpiya oʻyinlarida zafarlar quchishini tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bahaybat tansoqchisini chetga surib qoʻydi (video)