13:47 / 28.03.2019
3 224

Poroshenko Putin bilan muzokaralar uchun shartni aytdi

Poroshenko Putin bilan muzokaralar uchun shartni aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralarni istisno etmayapti, ammo “murakkab masalalar” xalqaro hamkorlar ishtirokida hal etilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Ukraina rahbari 27 mart, chorshanba kuni maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.

“Ikki tomonlama muzokaralar yuz berishi mumkinmi? Albatta, biz suveren mustaqil davlatmiz”, - dedi Poroshenko.
Biroq, uning soʻzlariga koʻra, Kiyev pozitsiyasi “Ukrainaga yaqin koalitsiya boʻyicha dunyodagi hamkorlar” qoʻllab-quvvatlovisiz aniq kuchsiz boʻladi.

Bundan oldin, Poroshenko saylovlardagi asosiy raqibini maʼlum qilgandi.
“Mening raqibim kim? Men buni yashirmayman va ochiq aytaman, sababi qolganlar buni qilishdan qoʻrqishadi. Bu - Putin”, - deya maʼlum qildi Poroshenko.

Shuningdek, Poroshenkoning bildirishicha, Rossiya bilan siyosiy muloqotni amalga oshirish ham mumkin.
Uning aniqlik kiritishicha, bunga faqat Qrimning “Rossiya deokkupatsiyasi” va Donbassdagi urush tugasa, shuningdek, Kerch boʻgʻozida qoʻlga olingan ukrainalik dengizchilar ozod etilsa, erishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Putin bilan muzokaralar uchun shartni aytdi