15:16 / 28.03.2019
3 426

Lukashenko fermani koʻrib bosh vazir oʻrinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydadi (video)

Lukashenko fermani koʻrib bosh vazir oʻrinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydadi (video)
27 mart kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bosh vazir oʻrinbosari Mixail Rusiy, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Leonid Zayas hamda Mogilev oblasti gubernatori Vladimir Domanevskiyni isteʼfoga chiqardi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz maʼlum qilmoqda.

Amaldorlar Lukashenko 26 mart kuni Mogilev oblasti Shklov tumanida joylashgan “Sliji” sut-tovar kompleksiga tashrif buyurganidan soʻng lavozimlarini tark etishgan. Davlat rahbari ishlab chiqarish binolaridagi tartibsizlik va sigirlarni saqlash sharoitlaridan norozi boʻlgan. “Agar kishi bu Osvensim ekanini tushunmasa, sizlar esa uni xolding rahbari etib tayinlasanglar, men sizlarni umuman tushunmayapman”, - deya murojaat qilgan Lukashenko amaldorlarga.

Fermaga tashrif buyurganidan keyin Lukashenko sut-tovar-kompleksi holati uchun masʼul boʻlgan shaxslarni ishdan boʻshatish va jinoiy ish ochish haqida koʻrsatma berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko fermani koʻrib bosh vazir oʻrinbosari, vazir va gubernatorni ishdan haydadi (video)