14:20 / 29.03.2019
3 542

Bruneyda zinokorlar va oʻgʻrilarga sharʼiy jazo qoʻllanadigan boʻldi

Bruneyda zinokorlar va oʻgʻrilarga sharʼiy jazo qoʻllanadigan boʻldi
Bruney sultonligida joriy yilning 3 aprelidan eʼtiboran zino qilgan er yoki xotinlarga, shuningdek, bir jinsli aloqaga kirishganlarga toshboʻron jazosi beriladigan boʻldi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

Bundan tashqari, oʻgʻrilik qilganlarning qoʻli kesiladi.
Baʼzi xalqaro tashkilotlar, xususan, Xalqaro amnistiya tashkiloti Bruney rahbariyatining bu qarorini qoralab, sharʼiy jazo usullaridan voz kechishga chaqirdi.

Bruney sultonligining rasmiy sahifasida bunday chaqiriqlarga javoban eʼlon qilingan bayonotda shunday deyiladi: “Hukumatimiz boshqalarning buni qabul qilishini yoki tasdiqlashini kutmayapti. Biz kutayotgan yagona narsa – biz ularga hurmat koʻrsatganimizdek, ularning ham bizga hurmat koʻrsatishi”.

Eslatib oʻtamiz, Bruneyda 2014 yilning mayidan beri shariat qoidalari bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bruneyda zinokorlar va oʻgʻrilarga sharʼiy jazo qoʻllanadigan boʻldi