17:05 / 29.03.2019
6 043

Oqoʻrda: Qozogʻiston prezidenti oilasidan ajrashgan (foto)

Oqoʻrda: Qozogʻiston prezidenti oilasidan ajrashgan (foto)
Qozogʻistonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev oilasidan ajrashgan. Bu haqda Oqoʻrda rasmiy saytida kuni kecha paydo boʻlgan, davlat rahbarining tarjimai holida aytiladi.

Biroq, davlat rahbari maqomidagi barcha tadbirlarda u yon barmogʻidagi uzuk bilan koʻrinish beradi, deya taʼkidlamoqda Kun.uz.

Prezident Asqar Mamin, Bakitjan Sagintayev va Odilbek Jaksibekov hamrohligida futbol boʻyicha Yevro-2020 chempionati saralash uchrashuviga keldi. Faqatgina uning barmogʻida uzuk boʻlgan.

Foto: akorda.kz
Shu bilan birga, uning hamrohlarining bari oilali, lekin ular rafiqasi borligini isbotlovchi uzukni taqishmagan.

Online.zakon.kz maʼlumotlariga koʻra, Maminning xotini ismi Oltinoy, Sagintayevning - Galiya, Jaksibekovning - Lazzat.

28 mart. Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Fursenko bilan uchrashuv.
Uzuk joyida.

Foto: akorda.kz
Tarjimai holda, mehnat faoliyatidagi yutuqlaridan tashqari, prezident oilasidan ajrashgani, oʻgʻli borligi koʻrsatilgan. Sobiq rafiqasi haqida maʼlumot yoʻq. Taxminlarga koʻra, u - Nadejda Davidovna Toqayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oqoʻrda: Qozogʻiston prezidenti oilasidan ajrashgan (foto)