Ramzan Qodirov “Islom qahramoni” unvoni va “Quddus yulduzi” ordeniga sazovor boʻldi

  • 30 mart 2019, 18:58
  • 830
  • Dunyo
  • Ramzan Qodirov “Islom qahramoni” unvoni va “Quddus yulduzi” ordeniga sazovor boʻldi
    Jahon islom ligasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni “Islom qahramoni” unvoni bilan taqdirladi, u shuningdek, Falastinning oliy mukofoti - “Quddus yulduzi” ordeni kavaleriga aylandi. Bu haqda Checheniston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    “Jahon islom ligasi bosh kotibi Muhammad Abdulkarim Al-Issa simpozium delegatlarining Qodirovga ”Islom qahramoni“ unvonini berish qarorini oʻqib eshittirdi. Shuningdek Falastin prezidenti Mahmud Abbosning qarori bilan Checheniston prezidenti ushbu davlatning oliy mukofotlaridan biri ”Quddus yulduzi“ ordeni bilan mukofotlandi”, deyiladi xabarda.

    28-30 mart kunlari Moskva va Grozniyda “Islom – yaxshilik va tinchlik elchisi” mavzuida xalqaro diniy forum oʻtkazildi. Unda dunyoning 43 davlatidan vakillar ishtirok etdi.

    » » Ramzan Qodirov “Islom qahramoni” unvoni va “Quddus yulduzi” ordeniga sazovor boʻldi