21:00 / 30.03.2019
3 348

Dimitriy Medvedev: “AQSH sanksiyalarni bekor qiladi? Ishonmayman!”

Dimitriy Medvedev: “AQSH sanksiyalarni bekor qiladi? Ishonmayman!”
Foto:“Novorossiya”
Rossiya hukumati rahbari Dimitriy Medvedev “VKontakte” tarmogʻi foydalanuvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotda boʻldi. Suhbat jarayonida AQSHning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari xususida toʻxtalar ekan, ular qachonlardir bekor qilinshiga mutlaqo ishonmasligini aytib oʻtdi.

“Sanksiyalar bekor qilinishi? Yoʻq, bunga ishonmayman. Chunki Qoʻshma shtatlar keyingi yuz yilda Rossiyaga nisbatan ayovsiz bosim oʻtkazib keldi. Shunday ekan, sanksiyalar hech qachon bekor qilinmasa kerak. Holbuki, bunday bir tomonlama choralar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga putur yetkazib, xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotga tushov boʻlayotir”, deya alohida qayd etdi Rossiya bosh vaziri.

AQSH va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar 2014 yilda keyin juda taranglashib ketdi. Bunga Ukrainadagi siyosiy inqiroz ortidan Qrim respublikasining Rossiyaga qoʻshib olinishi asosiy sababdir. AQSH Qrim Ukrainaga “qaytarilmaguncha” sansiyalarni bekor qilmoqchi emas. Rasmiy Moskva esa buni xayoliga keltirayotgani yoʻq.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dimitriy Medvedev: “AQSH sanksiyalarni bekor qiladi? Ishonmayman!”