Fuqaro AQSH tarixida kattaligi boʻyicha uchinchi oʻrinda boʻlgan jekpot yutib oldi

  • 30 mart 2019, 21:50
  • 847
  • Dunyo
  • Fuqaro AQSH tarixida kattaligi boʻyicha uchinchi oʻrinda boʻlgan jekpot yutib oldi
    Foto: Depositphotos
    27 mart kungi oʻyin natijalariga koʻra, Viskonsin shtatidagi Nyu-Berlin shahrida sotilgan lotereya biletidan AQSH tarixida kattaligi jihatidan uchinchi oʻrinda boʻlgan yutuq chiqdi, deb yozadi Daryo.

    Gʻolibga 768,4 million dollar miqdorida yutuq olib kelgan omadli raqamlar 16, 20, 37, 44, 62 va Powerball 12 boʻlgan. Biletlar savdosi yaxshi boʻlganligi uchun 750 million dollarlik bosh yutuq miqdori oʻyindan avval 768,4 million dollarga koʻtarilgan.

    Agar yutuq egasi sovrinni bittada olib ketishni xohlasa, soliqlar toʻlangandan soʻng 477 million dollar olishi mumkin.

    Bu Viskonsin lotereya tarixida yirik jekpot hisoblanadi. Yutuqli bilet sotgan riteyler hali aniqlanmagan. Ammo xabarda aytilishicha, unga 100 ming dollar miqdorida pul toʻlanishi mumkin.

    Powerball oʻyini 44 ta shtatda, shuningdek, Vashington, Kolumbiya, Puerto-Riko hamda Amerikaning Virjiniya orollarida oʻynaladi.

    » » Fuqaro AQSH tarixida kattaligi boʻyicha uchinchi oʻrinda boʻlgan jekpot yutib oldi