22:18 / 30.03.2019
4 534

111 yoshli qariya oʻzining uzoq yashash sirini oshkor qildi

111 yoshli qariya oʻzining uzoq yashash sirini oshkor qildi
Angliyaning eng keksa kishisi hisoblangan Bob Ueyton shu yil 29 mart kuni oʻzining 111- tugʻilgan kunini nishonladi. Bu bayramni u qariyalar uyida doʻstlari va yaqin tanishlari bilan birgalikda qarshi oldi.

Men gripp, malyariya kabi xavfli xastaliklarga koʻp marotaba chalinganman, — dedi qariya. — Ikki-uch marotaba jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganman. Ammo oʻlmadim. Sababi, birinchi navbatda xudodan uzoq umr soʻrayman. Qolaversa, koʻp piyoda yuraman. Yangi-yangi tanishlar orttiraman. Albatta, meni tushunadigan odamlar bilangina doʻst tutinaman. Mana shularning barchasi menga uzoq umr berayotgan boʻlsa ajab emas…

Bob Ueyton Yelizaveta II ning har tugʻilgan kunida joʻnatadigan qutlov otrkыtkasidan ham voz kechibdi.

— Bu qutlovni qirolichaning oʻzi yubormasligini hamma biladi, — deydi qariya. — Davlat qirolichaning nomidan yuboradi. Demak, davlatning ortiqcha puli ketadi. Nima keragi bor behuda xarajatning?..

Qariyaning ikki oʻgʻli, bir qizi, oʻn nafar nabirasi, 25 chevarasi bor. Ammo baribir oʻzi yolgʻiz mustaqil hayot kechirishni istaydi. Doʻkonga xarid uchun hassada chiqadi, oʻzi uchun ovqat tayyorlaydi. Ueyton boboning gapiga qaraganda, odamning har bir katta-kichik harakati salomatlik va uzoq umr garovi ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 111 yoshli qariya oʻzining uzoq yashash sirini oshkor qildi