10:00 / 31.03.2019
4 819

Portugaliyada sportchi ayol vafot etganidan 2 oy oʻtib farzandli boʻldi

Portugaliyada sportchi ayol vafot etganidan 2 oy oʻtib farzandli boʻldi
Portugaliyalik kanoechi Katarina Sekeyra miyasi oʻlgan deb eʼlon qilinganidan ikki oy oʻtib koʻzi yoridi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 26 yoshli sportchi homiladorligining 19-haftasida oʻtkir astma xuruji tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Ayol sunʼiy koma holatiga tushirib qoʻyilgan, ammo bir necha kundan soʻng shifokorlar miyaning oʻlganligini qayd etishgan.

Qolgan kunlar davomida shifokorlar Sekeyraning tanasi yashashini tutib turishgan. Homiladorlikning 32-haftasida ular kesarcha kesishni amalga oshirishdi. Bola tugʻilganidan soʻng shifokorlar Sekeyraning tanasini yashashni taʼminlash tizimidan uzib qoʻyishdi.

Qayd etilishicha, bola oʻgʻil boʻlib, 1,7 kilo tugʻilgan va sogʻlom. Uni Sekeyraning turmush oʻrtogʻi tarbiyalaydigan boʻldi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portugaliyada sportchi ayol vafot etganidan 2 oy oʻtib farzandli boʻldi