22:43 / 31.03.2019
3 550

Rossiyalik biznesmenlar orasida Alisher Usmonovning samolyoti eng qimmati deb topildi

Rossiyalik biznesmenlar orasida Alisher Usmonovning samolyoti eng qimmati deb topildi
Alisher Usmonovning samolyoti. Foto: Forbes
Forbes jurnali rossiyalik biznesmenlarning 50 ta eng qimmat samolyotlaridan iborat reytingni tuzdi.

Unda Alisher Usmonovning 2008 yilda chiqarilgan Airbus A340 samolyoti birinchi pogʻonada joylashdi. U 150 million dollarga baholanmoqda.

Roman Abramovichning Boeingʻi. Foto: Forbes
Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Roman Abramovichning Boeing 767 (2003) va Airbus A319 (2014) samolyotlari band etdi. Ular tegishli ravishda 120 million va 85 million dollarga tengdir.

Roman Abramovichning Airbusʻi. Foto: Forbes
Andrey Skoch va uning oilasiga tegishli 71 million dollarlik Airbus A319 samolyoti toʻrtinchi, Andrey Kozitsinning Airbus A320 samolyoti (67 million dollar) — beshinchi oʻrinda joylashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik biznesmenlar orasida Alisher Usmonovning samolyoti eng qimmati deb topildi