09:13 / 01.04.2019
3 420

Qatar amiri Arab davlatlari ligasi sammiti ochilishini toʻsatdan tark etdi

Qatar amiri Arab davlatlari ligasi sammiti ochilishini toʻsatdan tark etdi
Qatar amiri Tamim Ol Soniy Arab davlatlari ligasining Tunisdagi sammiti ochilishini tabrik nutqini aytmagan holda toʻsatdan tark etdi.

Qatar yangiliklar agentligining xabar berishicha, amir arab davlatlari yetakchilari yigʻilishi oʻtayotgan zalni tark etib, aeroportga joʻnagan.
30 martda Qatar amiri qoʻshni davlatlar bilan ziddiyatlarga qaramasdan sammitda oʻz davlati delegatsiyasiga boshchilik qilishi maʼlum boʻlgandi.

Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr 2017 yilda Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Bu davlatlar Qatarni terrorchilikni qoʻllab-quvvatlashda ayblab, unga qarshi transport blokadasi kiritishgan. Biroq Tunis arab davlatlarining bu qarorini qoʻllab-quvvatlamay, aksincha Doha bilan yanada yaqin aloqalar oʻrnatgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar amiri Arab davlatlari ligasi sammiti ochilishini toʻsatdan tark etdi