09:05 / 01.04.2019
3 224

Zelenskiy va Poroshenko ikkinchi turga oʻtishdi

Zelenskiy va Poroshenko ikkinchi turga oʻtishdi
Jami 39 nafar nomzod qatnashgan Ukraina prezidentligi saylovlarining birinchi turida ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Teleboshlovchi Vladimir Zelenskiy va Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroshenko saylovlarning ikkinchi turiga oʻtishdi. Ovoz berish yakunlangach, Milliy ekzit-poll tomonidan eʼlon qilinayotgan ekzit-pollar shundan darak bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Vladimir Zelenskiy dastlabki hisob-kitoblarga koʻra birinchi turda 30,4 foiz ovoz olgan, Petro Poroshenkoni saylovchilarning 17,8 foizi qoʻllab-quvvatlagan. Saylovlardagi yana bir favorit, “Batkivщina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko esa 14,2 foiz ovoz toʻplagan.

TSN tomonidan oʻtkazgan ekzit-pollga koʻra ovoz berish jarayoni yakunlanishiga 2 soat vaqt qolganida, Zelenskiy uchun saylovchilarning 30,1 foizi ovoz bergan, Poroshenko — 18,5 foiz, Timoshenko — 14 foiz ovoz olgan.

SOCIS markazi maʼlumotiga koʻra esa, soat 19:00da (ovoz berishi yakunlanishiga bir soat vaqt qolganida), Zelenskiyga 29,25 foiz saylovchi, Poroshenkoga — 19,19 foiz, Timoshenkoga — 13,75 foiz saylovchi ovoz bergan.

Ukraina xalq deputati Mustafa Nayem tasdiqlashicha, prezidentlikka nomzodlar Vladimir Zelenskiy va Yuliya Timoshenko prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida birlashish boʻyicha muzokara oʻtkazganini maʼlum qildi.

“Kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, Yuliya Timoshenko va Vladimir Zelenskiy shtablari prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida kuchlarni birlashtirish boʻyicha muzokara oʻtkazmoqda. Versiyalardan biriga koʻra, «Batkivщina” partiyasi rahbari Vladimir Zelenskiyni parlament koalitsiyasi tuzish toʻgʻrisidagi memorandum imzolash evaziga qoʻllab-quvvatlashga tayyor», deya yozgan u.

Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz berish yakunlarini 10 aprelga qadar eʼlon qiladi. Ikkinchi tur 21 aprel kuniga belgilangan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy va Poroshenko ikkinchi turga oʻtishdi