Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda yetakchilik qilyapti

  • 01 aprel 2019, 11:31
  • 766
  • Dunyo
  • Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda yetakchilik qilyapti
    Shoumen Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda 40,09% ovozlar qayta ishlangandan keyin yetakchilik qilmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” Ukraina MSKga asosan xabar berdi.

    Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Zelenskiy saylovchilarning 30,22% ovozini toʻplagan.
    Qayd etilishicha, ikkinchi oʻrinni Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko 16,65 foiz ovoz bilan egallab turibdi.

    Shu bilan birga, yetakchilar uchligiga “Batkivshchina” partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko 13,13% ovoz bilan yakun yasab bergan.
    Xabarlarga koʻra, Ukrainaning deyarli 11 million fuqarosi mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda ovoz berishda qatnashmagan.
    TASS maʼlumotlariga koʻra, hammasi boʻlib taxminan 18,8 mln ukrainalik saylov byulletenlarini olgan.

    Taʼkidlanishicha, Ukrainaning 1 milliondan 3 milliongacha boʻlgan fuqarolari mamlakat ichki qonunchiligi oʻziga xos xususiyatlari tufayli ovoz bera olishmagan.

    Bundan oldin, Zelenskiy va Poroshenko ikkinchi turga oʻtishgani xabar qilingandi.
    Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz berish yakunlarini 10 aprelga qadar eʼlon qiladi. Ikkinchi tur 21 aprel kuniga belgilangan.

    Manba: Kun.uz

    » » Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda yetakchilik qilyapti