15:49 / 01.04.2019
4 538

Anjelina Joli BMT minbaridan AQSH prezidentiga murojaat qildi

Anjelina Joli BMT minbaridan AQSH prezidentiga murojaat qildi
Gollivud yulduzi Anjelina Joli BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh assambleyasida nutq soʻzladi.
“Die Welt” nashrining yozishicha, aktrisa oʻz nutqida AQSH prezidenti Donald Trampning tutumidan unchalik ham rozi emasligini bildirgan.

Yaʼni aktrisa, oʻz mamlakatining BMT bilan bogʻliq kelajagiga katta umid bildirishini aytib oʻtgan. Bu soʻzlarni jurnalistlar Trampning BMTni moddiy qoʻllab-quvvatlashni kamaytirganiga aktrisaning oʻziga xos munosabati, deya baholashmoqda.

“Ayollar va qizlar hali ham butun dunyodagi urushlarning asosiy jabrdiydalari boʻlib turishibdi. Dunyo boʻylab zoʻravonlik qurboni boʻlgan va qochoqqa aylangan aholining teng yarmini nozik hilqat vakillari tashkil etadi”, — deya alohida eʼtirof etgan oʻz nutqida Gollivud sobiq yulduzi.

Eslatma oʻrnida: Anjelina Joli 20 yildan ortiq vaqt davomida BMT safida koʻngilli boʻlib ishlab kelmoqda.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjelina Joli BMT minbaridan AQSH prezidentiga murojaat qildi