17:00 / 01.04.2019
3 603

2018 yilda eng koʻp pul ishlab topgan kompaniya nomi maʼlum qilindi

2018 yilda eng koʻp pul ishlab topgan kompaniya nomi maʼlum qilindi
Moodyʻs va Fitch maʼlumotlariga koʻra, 2018 yil yakunlari boʻyicha dunyodagi eng daromadli kompaniyaga Saudiyaning Saudi Aramcoʻsi aylandi, u yil davomida 111,1 milliard dollar ishlab topdi.

Kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlari ilgari eʼlon qilinmagan, ammo bu hafta Saudi Aramco obligatsiyalar bozoriga kirayotgani tufayli ular haqida ilk bor maʼlumot berildi.

Hisobotlarga koʻra, Saudi Aramcoʻning 2018 yilgi sof foydasi Apple, Google va ExxonMobilʻning umumiy daromadidan (mos ravishda $59,5 mlrd, $30,7 mlrd va $20,8 mlrd) koʻp boʻldi hamda 111,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Saudi Aramco eng yaqin taʼqibchisi boʻlgan Appleʻni (59,5 milliard dollar) qariyb ikki barobarga ortda qoldirdi. Samsung 35,1 milliard dollar bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Moodyʻs va Fitch Saudi Aramco tomonidan chiqarilishi rejalashtirilgan dollardagi obligatsiyalarni ancha yuqori baholadi: har ikki agentlik ham uni oʻz investitsion shkalasida beshinchi oʻringa (mos ravishda A1 va A+) joylashtirdi.

Kompaniya Saudi Basic Industries Corporation (SABIC) neft-kimyo kompaniyasini sotib olish uchun yoʻnaltiriladigan 10 milliard dollargacha mablagʻ jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Saudi Aramco Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi boʻlib, neft qazib olish va neft zaxiralari boʻyicha dunyoning eng yirik kompaniyasi sanaladi. 1933 yilda Saudiya Arabistoni hukumatining Standard Oil of California Amerika neft kompaniyasi bilan konsessiyaviy kelishuvi natijasida tashkil etilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2018 yilda eng koʻp pul ishlab topgan kompaniya nomi maʼlum qilindi