18:15 / 01.04.2019
5 500

Sportchi ayol vafotidan uch oy oʻtib oʻgʻil tugʻdi

Sportchi ayol vafotidan uch oy oʻtib oʻgʻil tugʻdi
Portugaliyalik eshkakchi Katarina Sekveyra 2018 yil dekabrida 26 yoshida vafot etgan. Yoshligidan astma bilan ogʻrigan, navbatdagi xuruj bilan kasalxonaga yotqizilgach, vrachlar uni sunʼiy komaga tushirishadi. Bu haqdi “Minbar.uz”da maʼlumot berildi.

Ammo bir necha kun oʻtib uning bosh miyasi ishlashdan toʻxtagani tasdiqlanadi.

Sekveyra 20 haftalik homilador boʻlgan. Bolani saqlab qolish uchun vrachlar ayolni sunʼiy nafas apparatiga ulashadi. Avvaliga Katarinani shu ahvolda uch oy saqlash mumkinligi taxmin qilingan. Bu vaqtda bola 32 haftalik boʻlishi kerak edi. Ammo nafas olish tizimi yomonlashavergach, shifokorlar bolani 28 mart kuni muddatidan avval olishadi.

Bola mutlaq sogʻlom tugʻilgan. Oilasi unga Salvador deb ism qoʻyishdi.

Bolani onasi oʻlgandan keyin ham uning qornida saqlashni sportchining oila aʼzolari istashgan. Salvadorning otasi bolasini saqlab qolishni xohlagan. Buvisi ham bunga rozi boʻlgan.

Bola tugʻilgach, bir kun oʻtib onasi sunʼiy apparatdan uzilib, dafn etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sportchi ayol vafotidan uch oy oʻtib oʻgʻil tugʻdi