Xitoyda bogʻcha tarbiyachisi bolalarni qasddan zaharladi

  • 02 aprel 2019, 00:30
  • 777
  • Dunyo
  • Xitoyda bogʻcha tarbiyachisi bolalarni qasddan zaharladi
    Xitoyning Xenan provinsiyasidagi bogʻcha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni qasddan nitrit moddasi bilan zaharlashi oqibatida 23 nafar bola jabrlandi. Bu haqda “Sinszin bao” gazetasi xabar qildi.

    Qayd etilishicha, voqea Szyaoszo shahar okrugida yuz bergan. Bogʻcha tarbiyalanuvchilari koʻngil aynish va hushdan ketish sabablari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu belgilar ular ovqat isteʼmol qilishganidan soʻng paydo boʻlgan. Jami 23 nafar bola zaharlangan.

    Maʼlum boʻlishicha, tarbiyachi ularning ovqatiga azot kislotasi tuzini qoʻshgan. Politsiya uni hibsga olgan.

    Manba: Kun.uz

    » » Xitoyda bogʻcha tarbiyachisi bolalarni qasddan zaharladi