16:50 / 02.04.2019
2 990

Fransiya politsiyasi quyonlarni xizmatga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qildi

Fransiya politsiyasi quyonlarni xizmatga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qildi
Foto: Pixabay
Hazil kuni Fransiya politsiyasi giyohvand moddalarini qidirish boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va kelgusida xizmat qilish uchun quyonlar tanlovini eʼlon qildi, deb xabar beradi Sputnik.

“Milliy politsiyada itlar xizmat qiladi. Biroq, bugun quyonlarni xizmatga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilamiz”, — deyilgan Facebook politsiya akkauntida joylashtirilgan video rolikda.

Politsiya xodimining soʻzlariga koʻra, quyonlarda hid bilish qobiliyati itlarga qaraganda 30 baravar kuchliroq. Marinett laqabli quyon aynan bir jomadonda narkotik moddalar borligini aniqladi.

“Agar quyoningiz kerakli qobiliyatga ega deb hisoblasangiz, uning nomzodini bizga joʻnating”, — deb qoʻshimcha qildi politsiya zobiti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya politsiyasi quyonlarni xizmatga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qildi