10:26 / 02.04.2019
5 256

OAV NATO Gorbachyovni qanday “aldagani” haqida maʼlumot berdi

OAV NATO Gorbachyovni qanday “aldagani” haqida maʼlumot berdi
1990 yilda NATOga aʼzo boʻlgan davlatlar rahbarlari SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovga NATO sharqqa kengaymasligi toʻgʻrisida vaʼda berishgan, ammo keyinchalik bu vaʼdalar eʼtiborga olinmagan, deb yozmoqda The National Interest harbiy jurnali.

Qayd etilishicha, Gorbachyovga bu haqda AQSH prezidenti katta Jorj Bush, Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher, Fransiya prezidenti Fransua Mitteran, Germaniya kansleri Helmut Kol, shuningdek, ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari vaʼda bergan.

Biroq keyinchalik, deya eslatadi nashr, NATO “Tinchlik uchun sheriklik” dasturini ishlab chiqdi, uning doirasida alyans Sharqiy Yevropa davlatlariga hamkorlikni taklif qildi. Shuningdek, jurnal mualliflarining qoʻshimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Gruziya ham NATOga aʼzo boʻlishni istayapti.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV NATO Gorbachyovni qanday “aldagani” haqida maʼlumot berdi