19:30 / 02.04.2019
4 198

Ona oʻlimidan soʻng qiziga koʻngiliydirar maktub qoldirdi

Ona oʻlimidan soʻng qiziga koʻngiliydirar maktub qoldirdi
Angliyada bir ona oʻlimidan soʻng qiziga koʻngiliydirar hadya qoldirdi, deb xabar qildi Darakchi nashri.

Emmaning onasi oila aʼzolari uchun vafotidan soʻng ochilishi kerak boʻlgan maktublar qoldiradi. Ammo u qiziga yozishga ulgurmaydi, unga sovgʻa sifatida tufli qoldiradi.

Angliyaning Lestershirida istiqomat qiladigan Emma Lett turmushga chiqishga tayyorgarlik koʻrar edi. Biroq bir oydan soʻng mashʼum xabar barchani tong qoldiradi. Uning onasi oʻpkasida saraton aniqlanadi. Shifokorlar uning ozgina umri qolganini bildirishadi. Shundan soʻng ayol barcha oila aʼzolariga xayrlashuv maktubini bitishga kirishadi. Ammo Emmaga yozishga ulgurmaydi. Shunda ayol qizining toʻyiga atab tufli sotib oladi.

Oradan vaqt oʻtib (onaning vafotidan soʻng) toʻy kuni yetib keladi. Onasining sovgʻasini kiyib oʻlchab koʻrish uchun tuflilarni qoʻliga olgan Emma koʻz yoshlarini tiyib turolmaydi. Maʼlum boʻlishicha, tuflining tagiga quyidagi dil soʻzlari bitilgandi:

“Qizalogʻim, toʻy kuningga senga sovgʻa qilishga ahd qilgandim. Ushbu toʻy tuflilari – mening hadyam. Umid qilamanki, ushbu kun sen uchun moʻjizakor boʻladi.
Seni jonidan ortiq koʻrib quchib qoluvchi onang”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ona oʻlimidan soʻng qiziga koʻngiliydirar maktub qoldirdi