09:13 / 03.04.2019
5 517

Sayyoramiz aholisi soni 2019 yilda 7,7 mlrd kishini tashkil qilmoqda, 2050 yil oxiriga kelib esa 9,7 mlrd kishiga yetadi. Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida boshlangan Aholi va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida maʼlum qilindi. X

Sayyoramiz aholisi soni 2019 yilda 7,7 mlrd kishini tashkil qilmoqda, 2050 yil oxiriga kelib esa 9,7 mlrd kishiga yetadi. Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida boshlangan Aholi va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida maʼlum qilindi.  X
Sayyoramiz aholisi soni 2019 yilda 7,7 mlrd kishini tashkil qilmoqda, 2050 yil oxiriga kelib esa 9,7 mlrd kishiga yetadi. Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida boshlangan Aholi va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida maʼlum qilindi.

Xususan, dunyo aholisi soni joriy asr oxirida 11 mlrd kishigacha yetadi.

BMT bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammadning maʼlum qilishicha, oxirgi 25 yilda oʻta nochor sharoitda yashovchi odamlar soni ancha qisqargan, onalar oʻlimi koʻlami 40 foizga pasaygan, odamlar umr koʻrishi davomiyligi ancha oshgan.

“1994 yildan 2019 yilgacha davrda 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi darajasi 54 foizga qisqargan. Dunyoda umr koʻrish davomiyligi 1994 yildagi 64,9 yoshdan 2019 yilda 72,3 yoshgacha oshgan va 2030 yilgacha yana ikki yilga uzayadi. Butun dunyoda aholi farovonligi darajasi ancha oʻsgan”, deyilgan BMT hisobotida.

Muhammadning taʼkidlashicha, joriy demografik tendensiyalar – aholining jadal koʻpayishi va mobilligi, keksa yoshlilar ulushining oshishi va urbanizatsiya jiddiy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga olib kelmoqda, biroq shu bilan birga yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Hisobotda taʼkidlanishicha, aholi soni oʻsishi va iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarish va isteʼmol koʻlamining oshishiga olib keldi, bu esa oʻz navbatida atrof-muhit uchun ogʻir oqibatlarga aylanmoqda.

Hisobotda aholi soni oʻsishi uning qarishi, tugʻish darajasi pasayishi hamda jadal urbanizatsiya bilan birga kechmoqda. Hozirda dunyoda oʻrtacha tugʻish darajasi bir ayolga 2,5 bolani tashkil qilayotgan boʻlsa, 2030 yilda 2,4 bolani tashkil qiladi.

65 yosh va undan katta odamlar ulushi umumiy aholi sonida oshib bormoqda. Hozirda Yevropada ularning ulushi umumiy aholi sonining 19 foizini, Shimoliy Amerikada esa 16 foizini tashkil qilmoqda va 2050 yilga kelib bu koʻrsatkichlar mos ravishda 28 va 23 foizgacha oʻsadi.

Hisobotda maʼlum qilinishicha, dunyo aholisining 56 foizga yaqini shaharlarda yashaydi. Kelajakda aholi oʻsishi shahar aholisi oʻsishi hisobiga yuz beradi. 2030 yilda shaharlar aholisi umumiy aholining 60 foizini, 2050 yilda 68 foizini tashkil qiladi.

Oʻzbekistonga kelsak, respublikamizning doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktabr holatiga 33085,2 ming kishini tashkil etgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoramiz aholisi soni 2019 yilda 7,7 mlrd kishini tashkil qilmoqda, 2050 yil oxiriga kelib esa 9,7 mlrd kishiga yetadi. Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida boshlangan Aholi va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida maʼlum qilindi. X