08:50 / 03.04.2019
4 332

Saudiya Arabistoniga qishki havo qaytdi (foto, video)

Saudiya Arabistoniga qishki havo qaytdi (foto, video)
Martning oxirgi kuni Saudiya Arabistonida ob-havo “syurprizini” tuhfa qildi: mamlakat shimoli-gʻarbida havo harorati 9 darajadan pasayib ketib, togʻli hududlarga qor yogʻgan. 31 mart kuni Jabal al-Lavz togʻida qor yogʻishni boshlab, kechga yaqin Iordaniya bilan chegaradagi butun hudud qor bilan qoplangan. Meteorologlarning aytishicha, bunday ob-havo yilning ushbu vaqti uchun noodatiy hisoblanadi.

1 aprel ertalabdan odamlar kutilmaganda kirib kelgan qish manzaralarini koʻrish uchun togʻlarga oshiqishgan. Buni istovchilar shunchalik koʻp boʻlganki, avtotransportning normal harakatlanishi uchun yoʻllarga yoʻl patruli, fuqarolik mudofaasi va tez yordam ekipajlari qoʻyilgan.

Foto: SPA

Foto: SPA
Baʼzi mahalliy odamlar bu hududda qorni birinchi marta koʻrishayotganini aytishgan.

Bundan avvalroq, fevral oʻrtasida ham Jabal al-Lavzda qor yogʻgan. Shunda mahalliy aholi chanalar va qoʻlbola changʻilarni ijaraga berishni yoʻlga qoʻyib, yaqin orada ularda bu yerda qishki kurort vujudga kelishini aytib hazillashishgan.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoniga qishki havo qaytdi (foto, video)