09:47 / 03.04.2019
3 091

Nursulton Nazarboyev: “Davlatdan yordam kutish kerak emas, ishlash kerak” (foto)

Nursulton Nazarboyev: “Davlatdan yordam kutish kerak emas, ishlash kerak” (foto)
Qozogʻistonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koʻp farzandli oilalarni qoʻllab-quvvatlash haqidagi fikrlari bilan boʻlishdi.

Nazarboyev oʻzining ona qishlogʻi – Olmaota viloyatining Shamalgʻan qishlogʻi aholisi bilan uchrashuvda bolalar haqida qaygʻurish har bir kishining burchi ekanini aytib oʻtgan. Birinchi prezident bilan uchrashuvga 3 mingdan ziyodroq odam kelgan.

“Joriy yildan minimal ish haqini 1,5 barobarga oshirdik va bir million 300 ming kishiga yordam koʻrsatilmoqda. Bularning barchasi qilinmoqda. Shu sababli davlatdan kutish kerak emas, ishlash kerak. Qaysi qozoq farzandli boʻlib, uni qoʻshnisiga voyaga yetkazish uchun beradi? Erkakda gʻurur boʻlishi lozim: farzandli boʻldingmi, uni oʻzing voyaga yetkazib, oyoqqa turgʻizishing lozim. Butun dunyoda shunday. Bizda baʼzilar shunday deydi: “Men Qoraqalpogʻistondan 10 bolam bilan keldim. Ularni voyaga yetkazing”. Bu yaramaydi. Biz xalqni ish bilan taʼminlashimiz lozim, farzandlarni oʻstirish esa barchaning burchi boʻlishi kerak. Bizning ajdodlar shunday oʻstirishgan, biz ham shunday oʻstirganmiz. Men Qozogʻistonga kelib, hech narsa qilmay, “Bizga pensiya bering” deyayotganlarini eshitdim. Bularning barchasi notoʻgʻri, ularga buni tushuntirish lozim”, deb aytgan Nazarboyev.

Foto: akorda.kz
Qozogʻistonning Birinchi prezidenti ishsizlik nimadan kelib chiqishini ham tushuntirib oʻtgan.

“Siz qishloq odamlarisiz va qishloqlarni rivojlantirishga koʻp dasturlar yoʻnaltirilganini koʻrmoqdasiz. Ishlashni istovchilar uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Ishsizlar va kasbi yoʻqlar ishga joylanadi. Hozir muammo ishsizlikda emas, kasbga ega emaslikda. Kasbi bor odam, har qanday joyda ish topa oladi”, deb taʼkidlab oʻtgan Nazarboyev.

“Faqatgina ishlash va oʻz turmush tarzini yaxshilash lozim. Yoshlar oʻqishi va taʼlim olishi lozim. Oʻshandagina ular oʻz oilalarini taʼminlay oladilar va oʻzlari uchun foydali ishlarni qila oladilar”, deb fikrlariga yakun yasagan Nazarboyev.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev: “Davlatdan yordam kutish kerak emas, ishlash kerak” (foto)