Italiya aholisi “uchayotgan” sigirni tasvirga oldi (video)

  • 03 aprel 2019, 10:10
  • 874
  • Dunyo
  • Italiya aholisi “uchayotgan” sigirni tasvirga oldi (video)
    Italiyaning Sardiniya shahrida qutqaruvchilar toshlar orasidagi “tuzoq”dan sigirni chiqarib oldi, deb xabar qiladi “Daryo”.

    Sigirni qutqarish operatsiyasi aks etgan video Youtubeʻga joylashtirildi. Sigir togʻ yonbagʻridagi toshlar orasida tiqilib qolgan, lekin u yerga qanday tiqilib qolganini hech kim bilmaydi. Uni xalos qilish uchun qutqaruvchilar vertolyotdan foydalangan.

    OAV xabarlariga koʻra, qutqaruvchilar sigirni arqon bilan bogʻlab, vertolyot yordamida xavfsiz joyga olib bordi. Hayvon balandlikdan qoʻrqmasligi uchun, koʻzlari bogʻlangan. Sigir qoʻrquvni sezmagan. Ammo muvaffaqiyatli qutqaruvdan soʻng, u har ehtimolga qarshi veterinar koʻrigidan oʻtkazilgan.

    » » Italiya aholisi “uchayotgan” sigirni tasvirga oldi (video)