16:10 / 03.04.2019
3 675

Qozogʻiston prezidenti ilk davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi

Qozogʻiston prezidenti ilk davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Bu Qozogʻiston yangi prezidentining xorijga ilk tashrifidir.

Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb mavzulari, Yevrosiyo hududidagi integratsion jarayonlarning borishi hamda mintaqadagi dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.

Muzokaralar yakuniga koʻra ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
19 mart kuni Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻz vakolatlarini topshirdi. 20 mart kunidan boshlab Toqayev Qozogʻiston prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻiston prezidenti ilk davlat tashrifi bilan Rossiyaga keldi