16:00 / 04.04.2019
4 543

Rossiya «jinoyat olami»ning yangi yetakchisi kim bo‘lishi mumkin?

Rossiya «jinoyat olami»ning yangi yetakchisi kim bo‘lishi mumkin?
Qonundagi o‘g‘ri, jinoiy doiralarda Taro sifatida tanilgan Tariel Oniani Rossiya jinoyat dunyosining avvalgi yetakchisi Zaxariy Kalashov (Shakro Molodoy)ning o‘rniga munosib muqobil variant sanaladi. Bu haqda 4 aprel, payshanba kuni, «Praym Kraym» axborot agentligi muharriri Viktoriya Gefter «Lenta.ru»ga xabar qildi.

«Katta ehtimol bilan, eng yuqori darajada bu masala hal qilingan. Kuch tuzilmalari xodimlari uchun Taro - Shakroning o‘rniga munosib muqobil shaxsdir. 2003 yilda u Abxaziyadagi Kodor darasida qo‘lga olingan BMT xodimlarini ozod qilishda [xavfsizlik kuchlariga] yordam bergan», - deya xabar qildi Gefter.

Oniani 2006 yilda jinoiy ta’qibga uchraganligi sababli Yevropani tark etishga majbur bo‘lganida, u Rossiyaga qaytdi va Rossiya fuqaroligini oldi. «Bu [huquqni muhofaza qilish organlari] u bilan til topib ketishi mumkinligini ko‘rsatadi - ayniqsa, maxsus qamoqxonalarda o‘tgan o‘n yildan keyin», - deya ta’kidlab o‘tdi agentlik muharriri.

Gefterning fikricha, agar Rossiya kuch tuzilmalari Oniani bilan ishlashga qaror qilsa, unda uni jinoiy javobgarlikka tortish niyatida bo‘lgan Ispaniyaga ekstraditsiyasi, Gruziyada Zaxariy Kalashov uchun sirtdan chiqarilgan hukmdek tiyib turuvchi omil bo‘ladi.

Avvalroq, Kutaisi o‘g‘rilar klani rahbari 61 yoshli Tariel Oniani 9 aprel kuni qattiq rejimdagi koloniyadan muddatdan oldin chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi. 2010 yil iyul oyida Moskvaning Xamovnicheskiy sudi uni odam o‘g‘irlash va tovlamachilik jinoyatida ayblab 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Taro 2019 yil 11 iyun kuni ozodlikka chiqishi kerak edi, ammo u jazo muddatini 9 yil va 10 oyga qisqartirishga erishdi.

Rossiya jinoyat dunyosining sobiq yetakchisi, mamlakat va MDHdagi «1-raqamli» qonundagi o‘g‘ri Zaxariy Kalashov 2018 yil mart oyida tovlamachilik jinoyati uchun qariyb 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi boshlarida Alisher Usmonov «qonundagi o‘g‘ri» Shakro Molodoy bilan aloqalari haqidagi maqolalarni o‘chirib tashlashni talab qilgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya «jinoyat olami»ning yangi yetakchisi kim bo‘lishi mumkin?