09:50 / 05.04.2019
3 268

Qozog‘iston prezidentining Moskvadagi korteji aks etgan video paydo bo‘ldi (video)

Qozog‘iston prezidentining Moskvadagi korteji aks etgan video paydo bo‘ldi (video)
Foto: «Nur.kz»
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Moskva ko‘chalarida ketayotgan korteji tasvirlangan video tarqaldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Video 3 aprel kuni Moskvaning markaziy ko‘chalaridan birida tasvirga olingan.
Qora tonirovka qilingan prezident avtomobili mototsikllar boshchiligida harakatlangan.

Dastlab moskvaliklar mashina kimga tegishli ekaniga qiziqqan. Avtomobilda Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘rgach, «Qozog‘iston, Qozog‘iston! Qozoqlar keldi!» deya baqirishgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlardan birida video rolik tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘targani yozilgan.

Protokolga ko‘ra, xorijiy prezidentlarning xizmat tashrifi paytida 5 nafar mototsikl hamrohlik qilishi kerak. Lekin To‘qayevning kortejiga 9 ta mototsikl yo‘lboshchilik qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidentining Moskvadagi korteji aks etgan video paydo bo‘ldi (video)