14:38 / 05.04.2019
3 672

O‘quvchisining yelkasiga qizigan dazmol bosgan o‘qituvchi

O‘quvchisining yelkasiga qizigan dazmol bosgan o‘qituvchi
Rossiyaning Voronej viloyati maktablaridan birida bolalarga mehnat fanidan dars beradigan o‘qituvchi 12 yoshli to‘polonchi o‘quvchisi Ilyani jim qilishning uddasidan chiqa olmadi. U mamlakat madhiyasi kuylanayotgan mahal qiliq qilib, boshqa do‘stlarini kuldirayotgan edi. Urishishlar kor qilmagach, o‘qituvchi qizib turgan dazmolni tokdan sug‘urib olib, shum bolaning yelkasiga bosdi.

Bu shafqatsiz xatti-harakati tufayli maktab direktori uni ertasi kuniyoq ishdan haydab yubordi.
Beshafqat o‘qituvchi bu xatti-harakatni shunchaki hazilashib amalga oshirganini aytib, o‘zini oqlagan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘quvchisining yelkasiga qizigan dazmol bosgan o‘qituvchi