Braziliyadagi radiostansiyaga qurolli bosqinchilar hujum qilishdi (video)

  • 05 aprel 2019, 16:40
  • 649
  • Dunyo
  • Braziliyadagi radiostansiyaga qurolli bosqinchilar hujum qilishdi (video)
    Braziliyaning San-Paulu shahrida radiostansiyaga jinoyatchilar jonli efir vaqtida bostirib kirishdi. Bu vaqtda boshlovchilar bilan birga mehmonlar ham kechki dasturda ishtirok etishayotgan edi.

    3 nafar bosqinchi efir xonasiga kirib, qurollar bilan odamlarga tahdid qilgan. Avvaliga ulardan biri stoldagi barcha telefonlarni yig‘ib olgan, ikkinchisi esa tilla hamda boshqa qimmatbaho buyumlarni yig‘ib berishlarini talab qilgan. Ushbu jarayonni minglab odamlar radio orqali tinglashgan.

    Tinglovchilar nima bo‘layotganini tushunib yetishgach, darhol politsiyaga xabar qilishdi. Ammo maxsus guruh yetib kelgunicha jinoyatchilar voqea joyini tark etishgan.


    Manba: Darakchi.uz

    » » Braziliyadagi radiostansiyaga qurolli bosqinchilar hujum qilishdi (video)