08:50 / 07.04.2019
3 588

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti butunlay yopildi

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti butunlay yopildi
Turkish Airlines aviakompaniyasining Singapurga uchgan reysi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportidan parvozni amalga oshirgan eng so‘nggi samolyoti bo‘ldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 6 apreldan boshlab reyslar shaharning yangi aeroportidan amalga oshiriladi.

Oktyabr oyida Istanbulda kelajakda dunyoda eng yirik aeroport bo‘lishi kutilayotgan yangi aeroport ochilgan. Uning birinchi bosqichi ishga tushirilganidan so‘ng yiliga 90 million yo‘lovchiga xizmati qilishi mumkin. Loyihaning barcha bosqichlari tugatilgach esa bu ko‘rsatkich 150 million yo‘lovchiga ortadi, zarur bo‘lganda 200 millionga yetkazilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti butunlay yopildi