17:50 / 07.04.2019
3 914

Biz yomg‘ir qilgan ishni qilamiz...

Biz yomg‘ir qilgan ishni qilamiz...
Odam oyog‘i yetmagan bir o‘rmonda turfa xil hayvonlar baxtli-saodatli, to‘kin-sochin hayot kechirar ekan. Kunlardan bir kun yarim tunda shiddatli shamol turdi, chaqmoq chaqib, ayrim daraxtlarni yashin urdi, qurigan shoxlar yona boshladi. Oqibatda o‘rmon dahshatli yong‘in girdobida qoldi. Hayvonlar qo‘rquvdan sarosimaga tushib, o‘zlarini qo‘yishga joy topolmasdi. Shu payt arslon kuchli na’ra tortib, hayvonlarni uning makoni oldida to‘planishga buyurdi.

Sirtlon chiyillab, “biz bu la’nati o‘rmondan boshqa joyga ketishimiz kerak”, debdi. Bo‘ri ham unga ergashib, “sen haqsan, shu o‘rmon deb hayotimizni xavf ostiga qo‘yish yaramaydi”, deb uvillabdi. Shunda salobatli fil g‘azablanib, “Eh qo‘rqoqlar! Shu tabarruk zaminda tug‘ilib, o‘sib, farovon hayot kechirib, endi boshimizga qiyinchilik tushganida Vatanni tashlab ketasanlarmi?!”, deb hayqirdi. Bo‘yi baland jirafa o‘rtaga savol tashladi: “Biz bir himoyasiz, ojiz hayvonlar bo‘lsak, qanday qilib shunday dahshatli yong‘inga bas kela olamiz!?”. Shunda saman ot: “Biz yomg‘ir qilgan ishni qilishimiz mumkin”, dedi. Barcha hayvonlar unga hayrat nazari bilan qarab, baravariga undan so‘radilar: “Yomg‘ir nima ish qilgan ekan?”.

Ot javob berdi: “Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Yomg‘ir yog‘ib olovni o‘chirgan. Biz ham u kabi yong‘inni suv bilan o‘chirishimiz mumkin”. Shu tobda eshak hangradi: “Daryo o‘rmondan uzoqda joylashgan bo‘lsa, qanday qilib suvni tashib keltiramiz?”. Yana arslonning na’rasi eshitildi: “Kelinglar, birgalikda harakat qilamiz: suvni og‘zimizda zudlik bilan tashib, yong‘inni bartaraf etamiz!”.

Hayvonlar ahillik bilan g‘ayrat-shijoat ko‘rsatib, yong‘inni o‘chirishdi. Natijada ularning makoniga yana mo‘l-ko‘lchilik, baxt-saodat qaytib keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biz yomg‘ir qilgan ishni qilamiz...