23:55 / 07.04.2019
6 798

Dunyodagi eng uzun soch egasi Xitoyda yashaydi

Dunyodagi eng uzun soch egasi Xitoyda yashaydi
Xitoyning Sыchuan viloyatida yashovchi 77 yoshli Ake Ichjen o‘zining uzun sochlari bilan qancha maqtansa arziydi. Hozirgi kunda u dunyodagi eng uzun sochlar sohibi hisoblanadi. Qariyaning sochlari uzunligi bugunga kelib 5, 5 metrga yetgan.

Ma’lumot berishlaricha, otaxon bundan 23 yil burun soch oldirishni bas qilgan. Ibodat qiluvchilarning uzun sochlar odam salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ishlari baroridan kelishini ta’minlaydi degan gaplariga rioya qilishni ma’qul topgan. Ichjen boboning aytishiga ko‘ra, qadimda hindu qabilalarining harbiylikka olingan askarlari sochlarini oldirib tashlashlari bilan salomatliklari yomonlashib, ishlari o‘ngidan kelishni bas qilgan ekan. Shuning uchun u soch oldirishni bas qilishga so‘z beribdi.

Ammo xitoylik bu qariya ba’zida uzun sochlarni parvarish qilishdan charchaganini ham yashirib o‘tirmadi. Ularni haftasiga ikki marta professional sartaroshlar yordamida yuvish va turmaklash kerak bo‘larkan. Bu amal uch soatdan kam vaqt o‘g‘irlamaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng uzun soch egasi Xitoyda yashaydi