08:13 / 08.04.2019
2 822

Liviyadagi ixtilof tomonlari bir-biriga qarshi havo operatsiyalarini boshladi

Liviyadagi ixtilof tomonlari bir-biriga qarshi havo operatsiyalarini boshladi
Liviyaning milliy kelishuv hukumati Liviya milliy armiyasining Tripolining eski aeroportidagi an-Naqilya bazasiga aviazarbalar berdi. Bu haqda harbiy manba xabar bergan deb yozadi Kun.uz nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, bu Liviya milliy armiyasining Tripoli tomon bostirib borayotgani bilan bog‘langan.

O‘z navbatida, marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi milliy armiya poytaxt Tripoli osmonida javob havo operatsiyasini boshlagan. Operatsiyadan maqsad qurollangan guruhlar pozitsiyalari va ularning Tripolidagi texnikasi to‘plangan yerlarga zarba berishdan iborat. Mahalliy manbalarning tasdiqlashicha, Haftar tomonidan nazorat qilinayotgan Vodiy ar-Robiy aholi punktiga harbiy samolyotlar kelmoqda.

4 aprelda Haftar Tripolini terrorchilardan ozod qilish uchun u yerga hujum boshlashga buyruq bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, milliy armiya Tripolining janubi-g‘arbidagi bir nechta hududlarni jangsiz egallashga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Liviyadagi ixtilof tomonlari bir-biriga qarshi havo operatsiyalarini boshladi