20:13 / 07.04.2019
4 184

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi osmonidan meteorit uchib o‘tdi (video)

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi osmonidan meteorit uchib o‘tdi (video)
Internetda Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi osmonidan meteorit uchib o‘tgani aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi «Daryo».
Rolikda ob’ektning yaraqlagani va ikki marta chaqnab, keyin so‘nganini ko‘rish mumkin.

Mahalliy aholi vakillari aytishicha, yorqin oq-yashil ob’ekt tez uchib o‘tib, so‘ng osmonga singib ketgan. «U Yerga parallel tarzda juda katta tezlikda parvoz qildi… Voqea besh soniyadan ko‘p davom etmadi», — dedi ulardan biri.

O‘lka bo‘yicha favqulodda vaziyatlar boshqarmasi uchar ob’ekt haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi osmonidan meteorit uchib o‘tdi (video)